“Tijoratlashtirish va texnologiyalarni transfer qilish mexanizmlari” mavzusidagi seminar-trening

Image Image

 

Joriy yilning 13-17 may kunlari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Jahon banki ekspertlari ishtirokidagi “Tijoratlashtirish va texnologiyalarni transfer qilish mexanizmlari” mavzusidagi seminar-trening bo'lib o'tmoqda.  
Trening Innovatsiyalar va texnologiyalar transferini joriy etish milliy offisi tomonidan tashkil etilib Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi ekspertlari tomonidan  beg'araz amalga oshirildi.
Seminarni Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori Farhod Djumayev ochib berdi va ishtirokchilarni qarshi olib, yurtimizda tijoratlashtirish ekotizimini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar va sohadagi dolzarb muammolarga to'xtalib o'tdi. 

Dasturning birinchi qismida Jahon banki ekspertlari Aleksandr Tsoy va Milliy venchur fondi rahbari Dilshod Hashimov so'zga chiqdilar hamda, xorjiy texnologiyalarni jalb qilish hamda texnologiyalarni transfer qilish borasida taqdimot o'tkazdi.

Shuningdek, Jahon Banki "MUNIS" loyihasi eksperti Yevgeniy Yevdokimov va Abilay Aximbekov chiqib, investorlarni jalb qilish va lisenzalarni sotish uchun materiallarni tayyorlash asosiy qoidalar haqida nutq so’zlashdi.
Evgeniy Evdokimov xalqaro venchur kapitali, texnologiyalar transferi va innovatsion ekotizimlarni rivojlantirish sohasida 25 yildan ortiq tajribaga ega. Portfelida 300 dan ortiq startapga ega 15 ta texnologik markazlar tarmogʻi qurildi. Boshqaruv ostidagi 500 million dollarlik venchur fondi portfelini boshqargan.
Abilay Aximbekov texnologiyalarni tijoratlashtirish sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega. Qozog‘iston Respublikasida innovatsion ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha Jahon bankining ikkita loyihasida ishtirok etgan. Tijoriylashtirish uchun 3 ta grant dasturini ishga tushirishni tashkil qilgan.  Texnologiyalarni tijoratlashtirish bo'yicha professionallar alyansi kengashi a'zosi.

Kuki fayllari

Tajribangizni yaxshilash uchun cookie-fayllardan foydalanamiz