Joriy yilning 20-21 iyun kunlari o’tkazilgan taqdimotlari natijasida MUNIS loyihasi doirasida o’tkazilgan Ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish dasturi g’oliblari aniqlandi.

  Turli jihatlarni baholovchi 3 bosqichda tashkil etilgan saralash yakunida 13 tadqiqot guruhlari o’z loyihalarini Xalqaro ekspertlar kengashi (XEK) oldida himoya qilish uchun taklif etildi.

Taqdimotlar (pitching) eshituvi natijasida ekspertlar kengashi eng innovatsion va eng ko’p tijoratlashtirish salohiyatiga ega deb hisoblagan 9 ta loyihalarni moliyalashtirishga tavsiya etdi. G‘olib bo‘lgan ushbu loyihalar o‘z tadqiqotlarini bozorbop mahsulot yoki xizmatlarga aylantirishlari uchun moliyaviy yordam bilan taqdirlanadi.

Mazkur loyihalar bilan quyida tanishishingiz mumkin:

 

Loyihani roʻyhatga olish raqami

Loyiha nomi

Loyiha rahbari

1.              

RCP-01/1

STEM fanlari uchun Digital Twin (raqamli egizak)  texnologiyasi asosida ishlovchi ta'lim platformasi

Xolxoʻjayev Jasurxo’ja

2.              

RCP-01/5

JobBro - frilanserlar va bandlik agentliklari uchun Upworkda mijozlarni orttirish jarayonini soddalashtirishga moʻljallangan innovatsion platforma

Kim Igor

3.              

RCP-01/6

Radiologik tekshiruvlarda sunʻiy intellektdan foydalanish texnologiyasi

Xamrayev Atajan

4.              

RCP-01/31

Veterinariya sohasida INNOPROVET probiotikini tijoratlashtirish va sanoat miqyosida ishlab chiqarish

Nasimov Shuxratjon

5.              

RCP-01/32

Rolikli keng kesilgan kichik  yer tekislagichni tijoratlashtirishga tayyorlash

Xushvaqtov Botir

6.              

RCP-0136

Yuqori sifatli gidroizolyatsiya va korroziyaga qarshi bitum mastikasi ishlab chiqarish

Shukrullayev Botir

7.              

RCP-01/39

Paxta terish mashinasi bunkasida paxtani zichlash va uni bunkerga pnevmatik tashish texnologiyasini ishlab chiqish.

Xamidov Rustam

8.              

RCP-01/44

HOMILA AI - homiladorlik paytida asoratlar ehtimolini bashorat qilish va kamaytirish uchun sun'iy intellekt metodologiyalaridan foydalanish

Vikhrov Igor

9.              

RCP-01/54

Qoʻngʻir koʻmir va tosh fosfat asosida guminli superfosfat ishlab chiqarish

Abdullayev Anvarjon

 

Shu bilan tijoratlashtirish dasturi bo’yicha tanlovning birinchi davrasi yopilganini ma’lum qilamiz.

Kuki fayllari

Tajribangizni yaxshilash uchun cookie-fayllardan foydalanamiz