Joriy yilning 20-21 iyun kunlari RCP grant dasturi finalchilari va Xalqaro ekspertlar kengashi (XEK) ishtirokida pitching-sessiyalar o‘tkazildi.
Finalga chiqqan 13 nafar ishtirokchi FVVga o‘z loyihalarini taqdim etdi va savollarga javob berdi. Tadbir davomida ekspertlar taqdim etilgan loyihalarning innovatsionligi, hayotiyligi, tijoratlashtirish darajasi va ehtimoliy ta’sirini baholadi. Har bir ishtirokchi o‘z tashabbuslarini takomillashtirish bo‘yicha qimmatli tavsiya va maslahatlar oldi.
Pitching sessiyalari natijalariga ko'ra, o'z loyihalarini amalga oshirish uchun grant yordamini oladigan g'oliblar aniqlanadi. Tanlov natijalari tez orada e'lon qilinadi.