MUNIS loyihasi ekspertlari Buxoro agroklasteri vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi va unda BIRD dasturida ishtirok etish imkoniyatlari va shartlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
O‘z navbatida “Buxoro Agroklaster” vakili e’lon qilingan tanlovlar doirasida grant mablag‘lariga taqdim etilishi rejalashtirilgan loyihalar haqida so‘zlab berdi. Shunday loyihalardan biri qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun suv sarfini hisobga olishning intellektual tizimidir.
Eslatib o‘tamiz, BIRD dasturiga arizalarni qabul qilish 2023-yil 25-dekabrda e’lon qilingan va joriy yilning 20-martida yakunlanadi.