Joriy yilning 11-aprel sanasida Innovatsion rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan Jahon bankining “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida

Image Image

 

Joriy yilning 11-aprel sanasida Innovatsion rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan Jahon bankining “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida “Ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va ilmiy ishlanmalarga biznes-investitsiya” mavzusida biznes-forum oʻtkaziladi. 
Biznes-forumda MUNIS loyihasi tomonidan xususiy sektor bilan birgalikda moliyalashtirilayotgan yuqori texnologik loyihalarini dastlab natijalari va yaratilgan mahsulotlari potensial xaridor va investorlarga namoyish etiladi. Loyihalar Axborot texnologiyalaridan tortib, tibbiyot va qishloq xoʻjaligi kabi sohalarni qamrab oladi.
Shu bilan birga, ilmiy ishlanmalarga davlat va xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilishning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashish maqsadida yetakchi xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokida plener sessiya ham tashkil etiladi.
Tadbir soʻngida MUNIS loyihasi tomonidan amalga oshirilayotgan eng ilgʻor 10 ta loyihalarning investorlar uchun namoyishi (pitch) oʻtkaziladi. Biznes-forumda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.

Kuki fayllari

Tajribangizni yaxshilash uchun cookie-fayllardan foydalanamiz