Uzum bank bilan uchrashuv
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan MUNIS loyihasi ekspertlari Uzum bank rahbariyati bilan uchrashib, RCP va BIRD dasturlarini amalga oshirishda mumkin bo‘lgan hamkorlikni muhokama qildi.
Mutaxassislar tomonidan mazkur dasturlar ijrosining borishi, maqsad va vazifalari hamda ularda ishtirok etish shartlari haqida ma’lumotlar berildi.
“Uzum bank” ham oʻz navbatida startap-loyihalarni baholash va ularga maslahat berish yoʻnalishida qoʻllab-quvvatlash borasidagi faoliyati haqida soʻzlab berdi.
Tomonlar mumkin bo'lgan hamkorlikni o'rganishga kelishib oldilar.