Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan MUNIS loyihasi ekspertlari Jahon banki missiyasi bilan uchrashib, RCP va BIRD dasturlarini amalga oshirish jarayonini muhokama qilishdi.
Missiyaga RCP dasturiga arizalarni qabul qilishning 1-bosqichi natijalari va operatsion yoʻriqnomaga muvofiq keyingi harakatlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Shuningdek, ekspertlar missiyaning hududlar vakillari va Agentliklarning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirokidagi ayrim uchrashuvlarida ishtirok etdilar.