O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy filiali bilan uchrashuv.
Jahon bankining MUNIS loyihasi bo‘yicha ekspertlari guruhi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy filiali rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Yig‘ilishda BIRD grant dasturi doirasida taqdim etilishi rejalashtirilgan loyihalar muhokama qilindi. Mutaxassislar dasturda ishtirok etish shartlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, Navoiy viloyatiga mutaxassislar taklif qilinib, mazkur viloyat olimlari ishtirokida tushuntirish seminari o‘tkazildi.