O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rahbariyati bilan uchrashuv.

Image
Image Image

Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ekspertlar guruhi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Mutaxassislar MUNIS loyihasining o‘tgan yil oxirida ishga tushirilgan ikkita asosiy dasturi: Tadqiqotlarni tijoratlashtirish dasturi (RCP) va tadqiqot va ishlanmalarga biznes investitsiyalarini (BIRD) amalga oshirishning borishi haqida ma’lumot berdi. Har ikkala dastur ham ilmiy va biznes hamjamiyatlarini mamlakatda innovatsion tadbirkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarga faol jalb etishga qaratilgan.

O'z navbatida, Savdo-sanoat palatasi innovatsion loyihalarni amalga oshirish va faol innovatsion faoliyatni amalga oshirishdan manfaatdor korxonalar o'rtasida RCP va BIRD dasturlarini targ'ib qilish bo'yicha tadbirlarni tashkil etish va o'tkazishda har tomonlama yordam ko'rsatadi.

Kuki fayllari

Tajribangizni yaxshilash uchun cookie-fayllardan foydalanamiz