![]() |
||
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
🏢O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi
Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovasion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida grant tanlovlari dasturini e’lon qilish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu dastur tadqiqot natijalarini va
ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.
♻️ Ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish dasturi hamda ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalariga biznes-investisiya dasturlarini amalga oshirish uchun xalqaro konsalting kompaniya jalb qilingan.
🔗Shu munosabat bilan ayni daqiqalarda Milliy markazda Jahon bankining xalqaro ekspertlari ishtirokida “Ilmiy tadqiqot natijalari va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tyapti.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
🔰Tadbirda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishdagi muammoli masalalar muhokama qilinmoqda.
Seminar-treningda ilmiy- tadqiqot institutlarining ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyiha rahbarlari, ilmiy
ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda xalqaro aloqalar bo‘yicha mas’ul xodimlar ishtirok etyapti.
🌎Jahon banki ekspertlari mavzu yuzasidan taqdimotlarni amalga oshirdi. Ishtirokchilar ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish borasida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olmoqda.